Tashrif dasturiga ko'ra Neofit Rilski universiteti bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari, xususan qo'shma ta'lim dasturlari, xalqaro Erasmus+ loyihalari muhokama qilinmoqda.
Kelgusida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini yanada faollashtirish, yozgi va qishki maktablar tashkil etish masalalari ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida ayni kunlarda Bolgariyada "Work and travel" dasturi doirasida bo'lib turgan institutimizning talabalari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Ularning ish va yashash sharoitlari o'rganilmoqda. O'tkazilgan suhbatlarda talabalarga xavfsilik, yurish-turish odoblari bo'yicha tushuntirishlar olib borilmoqda. Ish beruvchilar bilan bo'lgan suhbatlarda talabalarga munosib sharoitlar yaratib berish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Talabalarga Vatanni eslab turish uchun, chet ellik hamkorlarga esa O'zbekistonni kengroq tanitishm yurtimizga turistlar oqimini ko'paytirish maqsadida esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat maslahat va tavsiyalar berish, balki amaliy yordam ko‘rsatish, dolzarb masalalarni joyida hal etish imkonini berdi. Eng asosiysi, bu samimiy muloqotlar talabalarga Vatan sog‘inchini yengillashtirdi, birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhini yanada kuchaytirdi
Safar davomida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tegishli soha mas’ullari, hamkor universitet vakillari va ish beruvchilar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi. Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yo‘llari hamda yoshlar uchun qo‘shimcha dastur va loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Natijada, safar davomida olib borilgan uchrashuvlar nafaqat rasmiy kelishuvlar, balki amaliy natijalar bilan ham boyitildi. Ular yoshlarimizning xorijda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi hamda O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.