Ijtimoiy tarmoqlar

“Sogʻlom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari hamda 5000 qadam yurish marafoni bo’lib o’tdi.

 Bugun Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston Milliy bogʻida Sport vazirligi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Sogʻlom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari hamda 5000 qadam yurish marafoni bo’lib o’tdi.

Xotin-qizlarni sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportga jalb etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Sport vaziri maslahatchisi Sh.Moʻmindjanov, 5000 nafardan ziyod vazirlik, idora- tashkilotlar xodimlari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Aripova Gulnora Shuxratullaevna boshchiligida fakultetlar xotin-qizlar masalalar bo’yicha dekan maslahatchilari va tyutorlar ham ishtirok etishdi.