“Sport orqali salomatlik va jamoaviylik sari”
Kimyoviy injiniring fakultetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa orasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida erkak professor-o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, haftaning belgilangan ikki kunida fakultetning sport maydonida professor-o‘qituvchilar ishtirokida futbol mashg‘ulotlari va o‘zaro musobaqalar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Ushbu sport mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy sog‘likni mustahkamlash, balki sog‘lom muhit yaratish, ish unumdorligini oshirish va o‘zaro yaqin hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Futbol uchrashuvlari yuqori kayfiyatda, do‘stona raqobat ruhida o‘tmoqda. Professor-o‘qituvchilar sport orqali sog‘lom hayot tarziga faol hissa qo‘shayotganini, yosh avlodga ijobiy namuna bo‘lishni maqsad qilganini alohida ta’kidlash joiz.
Fakultetda bu kabi tashabbuslarning davomiy bo‘lishi, jamoada sport va salomatlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.