Sport — do‘stlik, birlik va g‘alaba sari yo‘l!
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Neft va gaz texnologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida velosport musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Tadbirning asosiy maqsadi:
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
Jamoaviylik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash.
Bahavo ob-havo, talabalar va tyutorlarning yuqori faolligi, quvnoq kayfiyat musobaqaga alohida ruh bag‘ishladi.
Musobaqada nafaqat talabalar, balki velosportga qiziqqan tyutorlar ham faol ishtirok etdilar — bu esa ta’lim jarayonidagi sog‘lom va samimiy hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar velosiped boshqarish texnikasi, jamoaviy harakatlanish madaniyati va sport etikasi borasida ham tajriba almashdilar.
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilgan musobaqada quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin – Rajabov Yoqutjon
2-o‘rin – Xasanov Lazizbek
3-o‘rin – Abdurashidov Sarvar
Shuningdek, eng faol va tashabbuskor ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida tyutorlar va talabalar sportning salomatlik garovi, bunday loyihalar esa yoshlar hayotiga kuch, motivatsiya va ijobiy qarash olib kirishini ta’kidladilar.