Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasiga doir normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 2025-yil 13-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakulteti talabalari hamda xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T. Safarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Imomaliyeva, Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i X. Berdiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. G‘oziyev hamda "Komplaens nazorat" tizimi bosh mutaxassisi I. Ismoilovlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Davra suhbatida korrupsiyaning jamiyatga salbiy ta’siri, uni oldini olishda ta’lim muassasalarining o‘rni, shuningdek, talabalarda yuridik savodxonlikni oshirish borasida muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Ular tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar esa alohida muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga yetkazilishi belgilandi.