Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning muammolarini tinglash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida institut rahbariyati talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig'i Jurakolov Zokir Namazovich, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ravshan G‘oziyev hamda Kimyoviy injiniring fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova talabalarning yashash sharoitlarini joyida o‘rganib, ularning fikr va takliflarini tinglanib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoiti, qulayliklari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.
Talablar turar joyida o'tkazib kelinayotgan to'garaklar pazandachilik, to'quvchilik, tikuvchilik va sartaroshlik faoliyati o'rganib chiqilib, yaqindan tanishildi.
Talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning darsdan tashqari mashg‘ulotlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Institut rahbariyati talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab, ularning fikr va talablarini inobatga olish muhimligini qayd etildi.