Ijtimoiy tarmoqlar

Talabalar holidan xabar olindi

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutining Prorektorlari, barcha Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari, Profilaktika inspektori, Tarbiyachi pedagoglar, Talabalar turar joyini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i va Talabalar turar joyi mudiri boshchiligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi barcha talabalarning holidan xabar olindi.


undefined


Tashrif chog'ida talabalar holida xabar olinib xonalarning isitilganlik darajasi ko'zdan kechirildi. Shuningdek ularga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha kerakli topshiriqlar berildi.


undefined


Talabalarga xonalarni ozoda saqlash, jihozlarni asrash, sanitarik-gigiyena qoidalari, TTJ ichki tartib qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tushuncha va targ‘ibot ishlari olib borildi.


undefined