Ijtimoiy tarmoqlar

Talabalar turar joyining yangi o'quv yiliga shayligi ko'zdan kechirildi.


Joriy yilning 26-avgust sanasida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov boshchiligida, Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori B.B.Qodirov va boshqa rahbar xodimlar bilan birgalikda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyi yangi o'quv yiliga shayligi o'rganildi.

 Jumladan, yotoqxonadagi suv quvurlari, isitish tizimi, yumshoq mebellar yangisiga almashtirilib, barcha qavatlardagi yotoq xonalari, xojatxona, oshxona, yuvinish xonalari hamda binoning ichki va tashqi fasadlari joriy kapital ta'mirdan chiqarildi. Ma'naviyat hamda musiyqa xonalari qayta jizohlandi. Talabalar turar joyi hududi ko'kalamzorlashtirilib, rang-barang gullar ekildi.

 O'rganishlar davomida Talabalarni turar joy bilan ta'minlash bo'yicha maslahat markazi faoliyati ham ko'zdan kechirilib, mas'ullarga qo'shimcha topshiriqlar berildi.

 Bir so'z bilan aytganda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyi yangi o'quv yilida talabalarni qabul qilish uchun shay holatga keltirildi.