Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ravshan G‘oziyev, Kimyoviy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova, TTJ ma’sul xodimlar hamda qavat sardorlari ishtirok etdilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar bilan muntazam muloqot olib borish, har bir qavatda yashayotgan talabalar yashash holati, sharoit-sharoiti o’rganib, bundan ham yaxshilash maqsadida taklif va tavsiyalarini qavat sardorlariga berildi.
Tashrif davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash, dam olish va ta’lim olish sharoitlari joyida ko‘zdan kechirildi. Yotoqxona xonalarining sanitariya holati, oshxona, kutubxona, dars tayyorlash xonalari va boshqa infratuzilma ob’ektlari o‘rganildi.
Shu bilan birga, yozgi ta’til davrida talabalarni o‘z yashash manzillariga xavfsiz va qulay tarzda yetib borishlari yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur jarayon institut rahbariyatining bevosita nazoratida amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan talabalar uchun xavfsiz, qulay va samarali ta’lim-muammolarni hal etish muhiti yaratishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.