Talabalar turar joyida uchrashuv
Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari N.Sh.Zulyarova hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan“Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
TTJ tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish,
Jihozlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, tozalik va tartibni saqlash,
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha chuqur bilim olish,
Kitobxonlikni rivojlantirish,
Fakultet va TTJdagi to‘garaklarda faol ishtirok etish,
Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish.
Bunday uchrashuvlar talabalarning intellektual va ma’naviy rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.