Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari"
Kimyoviy injiniring fakulteti dekan o‘rinbosari N.Sh. Zulyarova, xotin-qizlar ishlari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Bekmuratova, SMKNMT kafedrasi professor-o‘qituvchilari U.A. Yaxyayev, Sh. Naimov, E. Ro‘zmatov hamda fakultet tyutorlari Z.Eshbo‘riyeva va G.Boyqobilovalar Talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar yashash sharoiti va holatidan xabar oldilar.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida TTJda shaxmat-shashka sport musobaqasi tashkil etildi. Shuningdek, “Kafedra kunlari” doirasida “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xalqimizga kamarbastamiz” mavzusida ochiq va samimiy davra suhbati o‘tkazildi. Unda talabalar o‘z fikrlari, orzu-intilishlari bilan o‘rtoqlashib, ustozlardan motivatsion maslahatlar oldilar.
Mazkur tadbirlar talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.