Ijtimoiy tarmoqlar

Talabalar turar joyida "Kino kechasi": unutilmas lahzalar va iliq muhit!

 Talabalar turar joyida "Kino kechasi": unutilmas lahzalar va iliq muhit!

Joriy yilning 12-iyun kuni "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida talabalar uchun navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir — "Kino kechasi" tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ular orasida do‘stona muhitni mustahkamlash va madaniy xordiq chiqarish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Kechki payt talabalar uchun maxsus tayyorlangan film namoyishi orqali ular bir zum bo‘lsa-da darslar va kundalik mashg‘ulotlardan chalg‘ib, o‘zlarini boshqa bir olamda his qilishdi. Film tomosha qilinganidan so‘ng talabalar o‘zaro fikr almashishdi, syujetga oid qiziqarli muhokamalar olib borishdi va yakunda iliq taassurotlar bilan tarqashdi.

Bunday tadbirlar, albatta, institutda talabalarning ma’naviy hayotini boyitishda, ularning jamoaviy ruhini oshirishda hamda sog‘lom dam olish madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasidagi tadbirlar qizg‘in davom etmoqda. Oldinda yana ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar, ma’rifiy loyihalar va unutilmas lahzalar kutib turibdi!