Ijtimoiy tarmoqlar

Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Shukurillayevich Usmonov institutning talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rektor TTJda istiqomat qilayotgan talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning kundalik hayoti, ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashgan yashash sharoitlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rgandi.

TTJdagi yashash xonalari, oshxona, darsga tayyorlanish xonalari, sport zali, kutubxona va dam olish maskanlari holati joyida ko‘zdan kechirildi. Rektor talabalarning xavfsizligi, gigiyenik tozaligi va madaniy muhitiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Talabalar o‘zlarini qiynayotgan ayrim masalalar — internet tezligi, suv va isitish tizimi, sport anjomlari yetishmovchiligi, kutubxona fondini boyitish kabi jihatlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Institut rahbari barcha takliflar e’tiborga olinishi, mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilishi, shuningdek, TTJda yaratilgan sharoitlarni yanada zamonaviylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanishini ma’lum qildi.