Talabalar turar joyida talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
2025-yilning 29-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida bo'lib o'tgan ushbu yig'ilishda, prorektorlar, fakultet dekanlari, institut profilaktika inspektori, komendant, psixolog-pedagoglar, tarbiyachi-pedagoglar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda zamonaviy axborot makonida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar va internet ta’siriga tez berilishi ehtimoli borligi ta’kidlandi. Shu bois, talabalarda ma’naviy-ma’rifiy immunitetni shakllantirish, ularni g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish borasida doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarurligi qayd etildi.
Yig'ilishdan so'ng rektor B.Sh.Usmonov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan samimiy muloqot qildi.
"Ma'rifat maydoni" Respublika ko'rik tanlovi ishtirokchilari Farg'onada bo'lib o'tgan tanlovning mintaqaviy bosqichidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar.