Ijtimoiy tarmoqlar

“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi!

“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi!

Bugun “Zakovat” arena binosida yoshlar, taʼlim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Bitiruvchilar kuni”ga bag‘ishlangan “Talaba – kelajak” nomli tantanali ochilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, “O‘zMilliybank” AJ Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Hoshimov, “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi maslahatchisi Alisher Qurbonov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, Akademik faoliyat bo'yicha prorektor T.T.Safarov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda 1 500 nafar talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Talaba – kelajak” uchrashuvi – bu nafaqat bitiruvchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi maydon, balki ularning yangi bosqichdagi hayot yo‘lida ishonchli tayanchdir.

Tadbirlar davom etmoqda