Talaba-yoshlarni «TalabaExpo-2025» kasb yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz!
21-23-may kunlari Toshkentdagi «Zakovat Arena» hamda O'zbekiston Milliy universiteti ko'chasi ("Aqlli yo'lak")da yirik kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
«TalabaExpo-2025» — bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, NBU, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ishtirokida tashkil etilgan keng qamrovli tashabbus bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yirik ish beruvchilar bilan yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
«TalabaExpo-2025»da sizni quydagilar kutmoqda:
Bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar;
Biznes g‘oyalarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi;
HR bilan bevosita suhbat
Bank sohasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar;
Maslahatlar va ochiq muloqotlar.