Ijtimoiy tarmoqlar

Talabalar turar joyida rektor va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Talabalar turar joyida rektor va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining talabalar turar joyida institut rektori, professor Botir Usmonov va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bevosita institut rahbariga yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi. Muloqot davomida internet sifati, kutubxona fondini kengaytirish, TTJda sport va madaniy tadbirlar sonini oshirish, yotoqxona jihozlarini yangilash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Rektor har bir taklifni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalar yuzasidan joyida mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, yoshlarni o‘z tashabbuslari bilan institut hayotida faol bo‘lishga, TTJ muhitini yanada jonlantirishga chaqirdi.

Tadbirda talabalar tomonidan ilgari surilgan bir qator g‘oyalar, xususan, “TTJ madaniyat klubi” tashkil etish, sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish hamda o‘quv soatlaridan keyingi ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Ochiq muloqot samimiy muhitda o‘tdi va talabalar o‘z rahbari bilan bevosita fikr almashish imkoniyatidan mamnunlik bildirishdi.