Ijtimoiy tarmoqlar

Ta’limning kredit-modul tizimini joriy etishning Vebster universiteti tajribasi o‘rganildi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i U.R.Kadirov va Axborot taxlil markazi bosh mutaxassisi X.A.Qaxramonovalar 2023 yilning 25-fevral kuni ta’limning kredit-modul tizimini joriy etishning xorijiy tajribasini o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazida bo‘lishdi.



Shuningdek, tashrif davomida Toshkent shahrida Vebster universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi direktor o‘rinbosari Sh.M.Mamatov hamda Akademik ishlar va sayt registratori boshqarmasi boshlig‘i Ruban Ganeshular bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Vebster universitetida ta’limning kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi bilan yaqindan tanishildi hamda kredit-modul tizimini O‘zbekiston OTMlariga tatbiq etishda yuzaga kelayotgan savollarga javoblar olindi.