Ta'lim va innovatsion ishlab chiqarish integratsiyasi
2025-yil 4-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida joylashgan “BCG GROP OʻZ” MChJ korxonasida darslar amaliy seminar tarzida oʻtkazildi.
Dars jarayonida korxonaning yetakchi mutaxassislari talabalarni korxona faoliyatining muhim jihatlari bilan tanishtirdilar.
Bu korxona professional va xoʻjalik kimyo vositalari:
Yuvish gellari, oshxona tozalagichlari, oyna va pol tozalagichlari, shisha, plastmassa va nometallni tozalash vositalari, gipoalergik suyuq sovunlar, unitaz va vannalar uchun zang inhibitorlari ishlab chiqaradi.
Tadbir quyidagi jihatlari bilan:
Real ishlab chiqarish liniyalarida kimyoviy jarayonlarni kuzatish;
Mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalashning amaliyotini oʻrganish;
Korxonaning yetakchi mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkoniyatilari bilan talabalar uchun foydali boʻldi.
Ushbu amaliy seminar zamonaviy kimyo sanoatining talablariga mos malakali mutaxassislar tayyorlashda muhimdir. Korxona texnologiyalari bilan tanishuv talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki kreaktiv fikrlash qobiliyatlarini ham shakllantishda muhim ahamiyat kasb etadi.