Ijtimoiy tarmoqlar

“Tarmoq – korxona – oliygoh” hamkorligi doirasida TKTI delegatsiyasining Jizzaxdagi “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MChJ zavodiga tashrifi

“Tarmoq – korxona – oliygoh” hamkorligi doirasida TKTI delegatsiyasining Jizzaxdagi “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MChJ zavodiga tashrifi

“Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari — akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov, Kimyoviy injiniring fakulteti dekani, t.f.d., professor Sh.Buxorov, “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor R.Adilov, professor hamda B.Ayxodjayevlar Jizzax viloyatida joylashgan “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MChJ zavodiga tashrif buyurishdi.

Tashrifning asosiy maqsadi — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish, hamda zamonaviy sanoat korxonalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama etildi:

TKTI va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash;

Ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish;

“Dual ta’lim tizimi” asosida muhandis kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

Talabalarning o‘qish davrida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish;

Yangi hamkorlik shartnomalari va memorandumlarni imzolash;

“BYD UZBEKISTAN FACTORY” MChJ korxonasining mavjud vakansiyalari bo‘yicha talabalar bilan uchrashuv tashkil etish.

Mazkur tashrif Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda “BYD UZBEKISTAN FACTORY” o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish, hamda yosh mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.