Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Shandong Jianzhu Universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 27-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xitoyning Shandong Jianzhu Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov, Xalqaro hamkorlik va transformatsiya departamenti prorektori Zebo Babaxanova, Biotexnologiya kafedrasi professori Nortoji Xo'jamshukurov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani Anvar Normatov, Biotexnologiya kafedrasi mudiri G'olib Nazarov hamda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekani Sherzod Jalilov, Shandong Jianzhu Universiteti delegatsiyasi tarkibida vitse-prezident Cheng Qiang, Umumiy xizmatlar boshqarmasi direktori Yin Jibao, Sanoat-ta’lim integratsiyasi maktabi kotibi Chen Zhao Tao, Boshqaruv va muhandislik maktabi dekani Chen Jian hamda chet tillari va xalqaro ta’lim maktablari dekani professor Zhong Jingwei ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy va akademik sohalarda hamkorlik qilish, talabalar hamda o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.