TKTI va OKMK o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi
2025-yil 10-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyat a'zolari va professor-o‘qituvchilari hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda sanoat va ilm-fan integratsiyasini yanada jadallashtirish, mavjud ishlab chiqarish jarayonlarida uchraydigan muammolarga innovatsion yechimlar topish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvda Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig’i A.B.Komilov, Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov, Axborot-resurs markazi boshlig‘i R.A.Onarova, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi mudiri K.Usmanov, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi dotsenti Z.S.To‘raqulov, Silikat va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi dotsenti O.E.Abduraxmonovlar ishtirok etdi.
Asosan taqdimotlar OKMK faoliyatiga mo‘ljallangan bo‘lib, institutning mavjud ilmiy laboratoriya imkoniyatlari, nanotexnologiya sohasida hamkorlik yo‘nalishlari, axborot-resurs markazini raqamlashtirish bo‘yicha TKTI tajribasi, sanoat avtomatikasi bo‘yicha maqsadli kadrlar tayyorlash va kombinat xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Har ikki tomon yaqin istiqboldagi hamkorlik rejalarini kelishib oldi.