Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish" oyligi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish" oyligi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

2025-yilning 14-aprel kuni Kimyoviy injiniring fakulteti xodimlari va talabalari ishtirokida, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti inspektori polkovnik B.B.Alimov, Mirzo Ulug'bek tumani Favqulodda Vaziyatlar bo‘limi kotta leytenanti Z.F.Nigmatullayevlar ishtirok etdi.

 Uchrashuvda, yong‘in xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning dolzarb muammolari, shu jumladan yong‘inlarni oldini olish, zilzilaga tayyorlikni oshirish va seysmik xavfsizlikni ta'minlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘z ma’ruzasida, FVV mutaxassislari qonunlar, qarorlar va o‘quv seminarlar yordamida aholini va institut jamoasini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga alohida e'tibor qaratishdi.

Shuningdek, o‘quv jarayonida, talabalar va xodimlar uchun zilzila va boshqa favqulodda holatlarga tayyorlikni mustahkamlash bo‘yicha elektron platformalardan foydalanish hamda “Ochiq eshiklar kuni” kabi tadbirlarda faol ishtirok etish muhimligi ta'kidlandi. Uchrashuvda barcha ishtirokchilar, favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini ta'kidlab o'tdi.

Institut jamoasi, o‘tkazilgan ushbu tadbir orqali, yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni oshirishga qaratilgan barcha tadbirlarni muntazam ravishda davom ettirishga va talabalar hamda xodimlar orasida xavfsizlik madaniyatini yana-da mustahkamlashga qaror qildi.