Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 6-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ajdodlarimizning ibratli hayoti, Vatanga sadoqat, ezgulik, fidoyilik, halollik va tadbirkorlik ruhida tarbiyalash, hamda ijtimoiy hayotda yanada faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada institutning 4 ta fakulteti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti — “Matonatli qizlar”, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti — “To‘maris meroschilari”, 

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti — “Lider qizlar”, Kimyoviy injiniring fakulteti — “To‘maris izdoshlari” talaba-qizlar jamoalari quyidagi to‘rt shart bo‘yicha bellashdilar:

-Jamoani tanishtirish

-Sport bilan hamnafasmiz

-Birinchi tibbiy yordam

-Velosipedda uchish

 Bunday tadbirlar nafaqat sport, balki ma’naviyat, jamoaviylik va liderlik salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. 

Musobaqa ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat, sog‘lom raqobat va ko‘plab iliq xotiralarni taqdim etdi.

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining g‘oliblari aniqlandi!

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yakuniga yetdi va eng faol, iqtidorli jamoalar aniqlandi.

Musobaqada 4 ta fakultetdan jamoalar 4 shart bo‘yicha bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrindor o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin — Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti (OOVTF) — 59 ball

2-o‘rin — Kimyoviy injiniring fakultet (KIF) — 52 ball

3-o‘rin — Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti (SMMF) — 50 ball

4-o‘rin — Neft va gaz texnologiyalari fakulteti (NGTF) — 47 ball

Musobaqa doirasida faol va fidoiy ishtirok etgan qizlar saralanib, “To‘maris izdoshlari” sport bellashuvining Toshkent shahar bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildilar.

G‘olib jamoaning a’zolari 500 000 so‘mlik vaucherlar, qolgan jamoa a’zolari esa 250 000 so‘mlik moddiy rag‘batlantiruvchi vaucherlar bilan taqdirlandilar.

G‘oliblarni institut rektori huzuridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi tabriklab, tashakkurnomalar, sertifikatlar hamda sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi. U o‘z tabrigida talaba-qizlarga kelgusidagi o‘qish va faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Bunday tadbirlar talaba-qizlarning faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash va jamoaviylik ruhini kuchaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda!