Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining 2025-yil 29-apreldagi 2/45-sonli buyrugiga asosan 2025-yilning 2-3 may kunlari Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati, Xujand shahridagi Sanoat va xizmat koʻrsatish institutiga Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegasiyaning xizmat safari tashkil etildi.
Ushbu xizmat safarida Toshekent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy-ishlar va innovasiyalar bo'yicha prorektor v.v.b. A.N.Shernaev, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normatov, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.T.Ruzibaev, Oziq-ovqat xavfsizligi va sifati kafedrasi dosenti Sh. K.Tuxtaev, Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dosenti A.Malikovlar ishtirok etishdi.
2025-yil 2-may kuni Sanoat va xizmat koʻrsatish institutiga yetib kelinib, instut rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi hamda oʻzaro institutlar haqida atroflicha ma'lumotlar almashildi. Tashrif buyurgan kafedra mudirlari va mas'ul xodimlar tomonidan har bir kafedra va ta'lim yo'nalishlari haqida taqdimotlar qilinib, mavjud imkoniyatlar va yutuqlar haqida toʻliq ma'lumotlar berildi.
Yig'ilishdan soʻng hamkorlar tomonidan Sanoat va xizmat koʻrsatish institutining oʻquv, laboratoriya va maishiy xonalari, kutubxona, kompyuter xonalari tanishtirildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetining filiali uchun ajratilishi rejalashtirilgan ma'ruza xonalari, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari xonasi, xodimlar xonalari koʻrsatildi.
Sanoat va xizmat ko'rsatish instituti rahbariyati boshchiligida Oziq-ovqat va donni qayta ishlash korxonalariga tashrif buyurildi. Korxona rahbariyati tomonidan korxonaga ekskursiya uyushtirildi va korxona haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shundan soʻng korxona rahbariyati, TKTI delegasiyasi va Sanoat va xizmat koʻrsatish instituti rahbariyati oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.