Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston Texnologiya universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanadi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston Texnologiya universiteti fakultetlari bilan tanishuv jarayonlari olib boriladi va tajriba almashiniladi. Oziq-ovqat sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga kelishildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Anvar Normamatovich Shernayev tomonidan "Международные инновационные подходы в образовании - перспективы развития совместного и дуального образования" mavzusida maʼruza bilan qatnashadi.
Tojikiston Ishlab chiqarish va servis instituti bilan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab xalqaro qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolanadi, bunda Tojikiston yoshlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘qishlarini tashkil etish va Tojikistonlik professor – o‘qituvchilarning Toshkent kimyo-texnologiya institutida malaka oshirishlari, talabalar akademik mobilligi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi. Xo‘jand viloyatidagi So‘g‘d iqtisodiy ishlab chiqarish zonasidagi ishlab chiqarish korxonalari ishchi muhandis xodimlarini Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma imzolanadi.
Kulob universiteti bilan shartnoma imzolandi.
Qirg‘izistonning O‘sh davlat texnologiya universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolanadi, oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar sohalarida muhandislar tayyorlash hamda professor-o‘qituvchilar stajirovkalari bo‘yicha masalalar hal etildi.