Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Fizika va energetika kafedrasi Qatar universiteti qoshidagi Muhandislik kolleji tomonidan tashkil etilgan “Engineering Week & Open Day 2025” xalqaro forumida ishtirok etdi.

 Joriy yilning 13-17 aprel kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Fizika va energetika kafedrasi professori A.I.Xudayberdiyeva Qatar universiteti qoshidagi Muhandislik kolleji tomonidan tashkil etilgan “Engineering Week & Open Day 2025” xalqaro forumida ishtirok etdi.

2025-yilning 16-aprel kuni Qatar universitetida tashkil etilgan “Environmental Safety: Chemical and Biological Waste Management in Organizations” nomli xalqaro anjumanda “Problems of teaching physics in technical (chemical technology) universities” mavzusidagi bayonot bilan ishtirok etdi. 

Ushbu bayonot konferensiya hay’at a’zolari va ishtirokchilari tomonidan yuksak baholanib, A.I.Xudayberdiyeva tegishli sertifikatlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.