Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun yana bir imkoniyat eshigi ochilmoqda.

2025-yilning 23-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga “ECO WOOD PLYUS” MChJ mebel ishlab chiqarish kompaniyasi bosh direktori Xaytmetov Otabek Azadovich tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich va boshqa mas'ullar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Mebelchilik klasteri va TKTIning o‘zaro hamkorlik masalalari, “Konstruktorlik byurosi” tashkil etish hamda talabalarni ish bilan ta'minlash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv so'ngida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda “ECO WOOD PLYUS” MChJ mebel ishlab chiqarish kompaniyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.