Toshkent kimyo-texnologiya instituti iqtidorli talabalari tomonidan "Menejment" fani bo'yicha olimpiada o'tkazildi.
Olimpiadada 70 nafardan ortiq talabalar ishtirok etib o'zaro bellashdilar. Natijada 8 nafar talaba g'oliblikni qo'lga kiritdi.
G‘oliblar pul mukofoti (100$, 80$, 50$) hamda homiylar "TEXNOLINE" kompaniyasi va "LogiX Academy" da "ERP biznes boshqaruvida" o‘quv kursida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Marosimda "Diplomat University" rektorining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Alisher Shayxov, Logix Academy direktori Elshad Seyidzade hamda boshqa mehmonlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarga qimmatli tavsiyalar berishdi hamda g‘oliblarni tabriklashdi.