Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni 60210400 – Dizayn: sanoat dizayni ta’lim yo‘nalishiga qabul qilish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Imtihon davomida abituriyentlarning ijodiy salohiyati, tasviriy ifoda imkoniyatlari va dizayn bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Jarayon adolatli, shaffof va baholash mezonlariga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi.