Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalik oltin davrim" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.


Joriy yilning 24-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti faollar zalida Talabalar kengashi tomonidan talabalarning joriy semestrni muvaffaqiyatli yakunlaganligi yakunlagani va kelgusi semestrning oʻquv jarayonlariga yuqori kayfiyatda kirishishini ta’minlash maqsadida koʻngilochar, kreativ yondashilgan va ilmiy-badiiy ahamiyatga ega turkum tadbirlar tashkil etildi.


Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.



Tadbirda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda San'at va madaniyat institutining iqtidorli talabalari o'zlarining ko'rgazmali va ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Institutimiz talabalari tomonidan qo'shiqlar va raqslar ijro etildi.



Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tgan "Talabalik oltin davrim" bayram tadbirida Oʻzbekiston qahramoni, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag'ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiyasi namoyish etildi.




Tadbir so'ngida talabalar tomonidan KAROKE qo'shiqlar kuylandi.


O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich va Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib yangi semestrni manashunday ko'tarinki kayfiyatda boshlab kelgusi o'qishlarida va ishlariga omad tiladilar.