Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'naviyat va ma'rifat" kengashining yangi o'quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'naviyat va ma'rifat" kengashining yangi o'quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

2025-yil 5-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'naviyat va ma'rifat" kengashining yangi o'quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi A.R.Erkayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Sh.Aripova Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i R.T.G'oziyev, instituti profilaktika inspektori A.Jumanov, fakultetlar YBIB dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo'yicha atroflicha so'z yuritildi, hayotiy misollar keltirildi. 

Yig‘ilish davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan:

“Qalqon” guruhi faoliyatini takomillashtirish, talabalarni mafkuraviy xatar va tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan tizimli choralarni kuchaytirish;

Talabalarning qiziqishlariga mos to‘garak va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, shu orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

Talabalar va xodimlarda kiyinish madaniyatini shakllantirish hamda unga rioya etilishini ta’minlash;

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga moslashtirishga ko‘maklashish;

Birinchi bosqich talabalarini institut hayotiga tezroq moslashtirish, ularning ijtimoiy-ma’naviy muhitga kirishib ketishini qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek kelgusida amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalar rejasi ishlab chiqilib, belgilab berildi.