Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ibrat farzandlari" loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi
2025-yil 26-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakultetida "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Koriyev Rustam, ijrochi direktori Dilshod Mirzayev hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, "Ibrat farzandlari" loyihasining asosiy maqsad va vazifalari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir doirasida Ibrat Academy mobil ilovasi tomonidan ishga tushirilgan "Super Start" dasturining taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida mazkur dastur doirasidagi Gold kartochkalar talabalarimizga tantanali ravishda topshirildi.