Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar bahori" haftaligi doirasida yigitlar o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi.
Fakultetlararo bo'lib o'tgan musobaqada 4ta fakultet jamoalari qatnashdi. Unda quyidagi jamoalar faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi:
1-o'rin Kimyoviy injiniring fakulteti yigitlar jamoasi
2-o'rin Neft va gaz texnologiyasi fakulteti yigitlar jamoasi
3-o'rin Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti yigitlar jamoasi
Ma'lumot o'rnida haftalik doirasida o'tkaziladigan tanlov va musobaqalar g'oliblari 25-aprel kuni Talabalar turar joyida bo'lib o'tadigan haftalik yopilish marosimida taqdirlanadilar.