Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi “Ammofos-Maxam” AJda

 2025-yil 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyo korxonalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobidan tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari “Ammofos-Maxam” AJga xizmat tashrifini amalga oshirdi.

Mazkur tashrif doirasida institutning Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori T.T.Safarov, Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Sh.Buxorov hamda Karyera markazi boshlig‘i A.Mirkomilovlar tomonidan “Ammofos-Maxam” AJda institutning maxsus kafedralari filiallarini tashkil etish masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Jamiyat ishlab chiqarish direktori Sodikov Baxodir Bagirovich, Boshqaruv raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari G‘afurov Behzod Abdukarim o‘g‘li, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Djumaniazov Baxtiyor Djumaabayevich, Xodimlar tayyorlash o’quv markazi boshlig’i Alimkulova Muborak Eraliyevna, Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va texnik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Nasriddinov Azamjon Umaralievichlar ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida korxonada institutning kafedra filiallarini ochish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, hamda talabalarni amaliyot va ish bilan ta’minlash borasida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tashrif yakunida o‘quv jarayoniga jalb etiladigan auditoriyalar bilan tanishuv ham tashkil etildi.

Ushbu tashrif ikki tomonlama strategik hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lishi kutilmoqda.