Talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan institut Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Aripova, NGT fakulteti dekanining o‘rinbosari N.Zulyarova hamda fakultet dekan maslahatchilari M.Aliyeva, M.To’xtasheva, V.Umarova, S.Nishanova, Tarbiyachi pedagog M.Abdulqosimovlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni rektor maslahatchisi G.Aripova kirish so‘zi bilan ochib, talaba- qizlarning ilmiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni institutning ijtimoiy hayotida faol bo‘lishga chaqirib, o‘z qiziqishlarini rivojlantirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, NGT fakulteti dekani o‘rinbosari N.Zulyarova qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi.
Fakultet dekanlari maslahatchilari esa talaba qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ular oldida turgan maqsad va vazifalar haqida to‘xtalib, yoshlarni doimo bilim olishga, faoliyatda dadil bo‘lishga undashlarini bildirdilar.
Ochiq muloqot davomida talaba qizlarning barcha savol va takliflari tinglanib, ular uchun tegishli javoblar hamda foydali maslahatlar berildi. Tadbir yakunida bunday samimiy uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.