Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yoshlar bandligi oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida bitiruvchi kurs talabalariga “Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.
2025-yilning 16-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida bitiruvchi kurs talabalariga “Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali vakili O‘tkir Abdukarimov, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Karyera markazi boshlig‘i Abdurahmon Mirkomilov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani Anvar Normatov, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali vakili tomonidan yangiliklardan biri bo‘lgan Davlat tashkilotlariga ishga kirishning yangi tartibi bo‘yicha va qolaversa vacancy.argos.uz sayti boʻyicha batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi va savollarga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.