Toshkent kimyo-texnologiya institutida sanoat bilan integratsiya davom etmoqda!
“TEXNOPARK” MChJda “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan 22-13 TMJ va 22-05 KT RBT guruhlari uchun sayyor amaliyot darsi o‘tkazildi.
Darsni “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi J.A. Aliyeva va “Texnologik jarayonlar va qurilmalarni loyihalash” kafedrasi assistenti Sh. Abulxayev tashkil etdi.
Tashrif davomida talabalarga “TEXNOPARK” MChJning faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Ular korxona jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.