Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Butunjahon tozalik kuni” nishonlandi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Butunjahon tozalik kuni” nishonlandi

“Butunjahon tozalik kuni” (“World Cleanup Day”) munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida chiqindilarni saralab yig‘ish tadbiri – “Plogging” o‘tkazildi.

tadbirda "Sanoat ekologiyasi" va “Yashil texnologiyalar” kafedrasi jamoasi, talabalar hamda ''Ekovolontyor yoshlar'' faol ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar institut hududi va atrof-muhitni tozalash, chiqindilarni saralash orqali ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Bunday ekologik tashabbuslar yoshlarda tabiatga mehr, mas’uliyat hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida talabalarga atrof-muhitni asrash, chiqindilarni saralashning ahamiyati haqida qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Toza tabiat – sog‘lom kelajak garovi!