Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan “Milliy liboslar — ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostidagi ko‘rgazmada faol ishtirok etishdi.

 Ushbu ko‘rgazmada turli hududlarga xos milliy liboslar, qadimiy naqshlar va zamonaviy dizaynda yangicha talqinda yaratilgan kiyimlar namoyish etildi. Tadbirda yoshlarimiz nafaqat milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, balki ularni zamonaviy hayot tarziga uyg‘unlashtirish borasida ham boy tasavvurga ega bo‘ldilar.

Mazkur ko‘rgazma milliy liboslarimizning tarixiy ildizlari, ularning badiiy hamda estetik jihatlarini keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qildi.

Tadbir jarayonida institut talabalari ham o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, milliy merosimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.

Milliy liboslarimiz — o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy tariximizning beqiyos timsolidir