Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy naqqoshlar dizayni” tanlovi bo‘lib o'tdi.
Kimyoviy injiniring fakultetida milliy merosimizni targ‘ib qilish va talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida “Milliy naqqoshlar dizayni” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida o‘tkazilib, ishtirokchilar an’anaviy naqsh elementlarini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
Tanlovda talabalar tomonidan milliy naqsh asosida yaratilgan dizayn eskizlari, innovatsion materiallar yordamida tayyorlangan dekorativ buyumlar taqdim etildi.
Ushbu tanlov talabalar uchun milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash va ularni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.