Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “UMIDLI KIMYOGARLAR–2025” nomli XXXIV yosh olimlarning respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

 30–31 may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “UMIDLI KIMYOGARLAR–2025” nomli XXXIV yosh olimlarning respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyaning kun tartibidan joy olgan muhim masalalar qatorida yosh tadqiqotchilarning iliy-innovatsion izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fundamental va amaliy ilm-fan sohasidagi yutuqlarini keng jamoatchilikka taqdim etish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya ishi tematik sho‘balar bo‘yicha davom ettirildi. Unda kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, ekologiya, muqobil energiya manbalari, muhandislik texnologiyalari, sanoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Har bir sho‘bada ishtirokchilarning dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi hamda ular yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiyada respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq yosh olim va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida eng yaxshi ilmiy maqola va taqdimotlar alohida rag‘batlantirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur anjuman respublikamizda ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

 «Umidli kimyogarlar – 2025»: Yosh olimlar konferensiyasi yakunlandi

Joriy yilning 31-may kuni «Umidli kimyogarlar – 2025» nomli XXXIV yosh olimlarning Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli bakalavr va magistrant talabalar ishtirok etdilar. Ilmiy shoʻbalarda o‘zlarining dolzarb, innovatsion yo‘nalishdagi mavzulari bilan ajralib turgan talabalar yuqori saviyadagi chiqishlari bilan e’tirof etildi.

Yopilish marosimida sho‘ba yig‘ilishlarida eng yaxshi ma’ruzalar bilan ishtirok etgan talaba-yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga ilm-fan yo‘lida izlanishda davom etish, yangi yutuqlarga erishish tilaklari bildirildi.