Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Rektor va doktorantlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

 2025-yilning 19-mart sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida doktorant, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilar bilan institut rektori B.Sh.Usmonovning uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig'i A.Shernayev, Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan A.B.Kamolov, Ijro intizomini ta’minlash va tahlil bo‘limi boshlig‘i X.Berdiyev, fakultet dekanlari hamda tegishli kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Rektor doktorantlarga ko'proq ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib, ilmiy dissertatsiyalarini mukammal tayyorlash kerakligini ta'kidlab o'tdi.