Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti, Sanoat ekologiyasi kafedrasida 28-29 may kunlari institutimizda o'tkaziladigan "Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot" xalqaro Forumi doirasida tashrif buyurgan Braziliyaning Sau Paulo universitetidan Dr.Lelia Cristina da Rocha Soares ishtirokida kafedra professor-o'qituvchilari va talabalari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda kelajakda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi.