Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari — tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Kimyoviy injiniring fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Dj.T.Sidikov ochib berib, Vatan himoyachilarining jasorati va fidoyiligi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Mazkur tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat faoliyatini olib borgan Mannanov Yusuf Otaxonovich, Isaqov Ziyodulla Safaraliyevich hamda institut psixologi Z.Namozov ishtirok etdilar.

Mehmonlar o‘z nutqlarida Vatanga sadoqat, tinchlikni asrash, harbiy xizmatning sharafli burch ekani haqida talaba-yoshlarga ibratli fikrlar bildirib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida bilimli va mas’uliyatli mutaxassis bo‘lib yetishishga da’vat etdilar.