Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbar xodimlari xalqaro malaka oshirish kurslariga yuborildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, institutimizning bir qator xodimlari xalqaro tajriba almashish uchun xizmat safariga jo‘natildi.
Institut rektorining 2025-yil 20-oktabrdagi № 2/84-sonli buyrug‘iga asosan: Qozog‘iston Respublikasidagi "A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar Do‘stligi universiteti"da tashkil etilgan 144 soatlik malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun 9 nafar rahbar xodim xizmat safariga yuborildi.
Ular orasida kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, xalqaro aloqalar, komplaens nazorat, ichki audit, registrator ofisi va karyera markazi bo‘limlari boshliqlari bor.
Malaka oshirish yo‘nalishlari:
Xalqaro hamkorlik menejmenti
Kimyoviy texnologiya (organik moddalar ishlab chiqarish bo'yicha)
Ta’lim sifati menejmenti
Xodimlar 2025-yil 21-oktabrdan 21-noyabrgacha bo'lgan muddatda safarda bo'lishdi.