Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetiga homkor korxona "AGROMIR" MChJ korxonasining Marketing bo‘limi xodimlari marketing tadqiqotlarini o’tkazish maqsadida tashrif buyurishdi.
Yurtimizda "Bliss" va "Meva" brendi bilan tanilgan sharbat va nektar mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari bilan Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti kafedrasi mudiri A.J. Xo’jamurodov, professor-o’qituvchilar F.T.Kasimova, J.A.Aliyeva K.A.Xaydarova va D.D.Mo’minova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Korxona vakillarining institutimizga tashrifidan maqsad korxonaning yangi ishlab chiqariladigan sharbatlarini degustatsiyadan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxona bilan institut o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, marketing yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishish, anketa-so‘rov usulida tadqiqot o‘tqazishni namayon etishdan iborat edi.
Tadbir Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti, Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti kafedrasi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Korxona vakillari degustatsiya jarayoni a’lo darajada tashkil etilganli uchun institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi