2025-yilning 2-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyalari kafedrasida stajyor-o‘qituvchi Omonov Sherzod Abduraim o‘g‘li tomonidan "Metanni konversiya qilish katalizatorini yutdirish (shimdirish) usulida tayyorlash" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida talabalar gazlarni chuqur qayta ishlash jarayonlari, ayniqsa, metanni konversiya qilish va shu asosda katalizatorlar tayyorlash texnologiyasi haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. O‘qituvchi tomonidan metanni konversiya qilish jarayonida katalizatorni yutdirish usuli, uning jarayondagi roli va amaliyotdagi qo‘llanilishi haqida keng tushuntirishlar berildi.
Ochiq darsda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va o‘qituvchi tomonidan ularning savollariga aniq va to‘liq javoblar olindi. Bu talabalar uchun yangi bilimlarni olish va mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkonini yaratdi.
Darsning yuqori ilmiy darajada o‘tishi, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktiv muloqotni ta'minladi. Bu ochiq dars, talabalar uchun ilmiy va amaliy qiziqishlarni kuchaytirish, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgatish bo‘yicha samarali bo‘ldi.