Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Sessiya" davom etmoqda.
2024/2025-o‘quv yilining bahorgi semestri o‘z nihoyasiga yetmoqda. 19-maydan boshlab birinchi bosqich talabalari fanlar bo‘yicha yakuniy imtihonlarni topshirishni boshladilar.
Ma’lumki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi buyrug‘iga asosan, institutimizda imtihonlar yangi, ilg‘or tizim asosida tashkil etilmoqda.
Yangi tartib asosida imtihonlar maksimal darajada shaffof va adolatli o‘tkazilmoqda. Jarayonlar Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T. Safarov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan qat’iy nazorat qilinmoqda. Guruh tarkibiga Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, “Komplayens-nazorat” bo‘limi hamda professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.
Talabalarimizga yakuniy imtihonlarda ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!