Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O'zsuvta'minot" AJ hududiy suv ta'minoti xodimlari 2025 yil 3-guruhi uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Ushbu kurslarda tinglovchilarga ichimlik va oqova suvlaridan namunalar olish, zamonaviy uskunalardan foydalanish, eritmalar tayyorlash va zamonaviy usullarni o'zlashtirishga qaratilgan nazariy-amaliy darslar o'tildi. Darslar “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi hamda kafedralardan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib borildi.
Bugun ushbu kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilar institutimizning Akademik faoliyat bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.